Keylor Navas mavsumda 3-penaltini qaytardi va Kasilyasning natijasini takrorladi

Narzulla Saydullayev
21 mar 2016, 08:58
Sevilya hujumchisi Gameyro Ispaniya chempionatining 30-turida penaltidan gol ura olmadi.

27-daqiqada Madrid klubi posboni Keylor Navas 11-metrli jarima to'pidan berilgan zarbani qaytardi.

Shunday qilib, 29 yoshli darvozabon ushbu mavsumda uchinchi penaltini qaytardi. Bu TOP-5 chempionatlarda eng yaxshi natija hisoblanadi.

Navas Real sobiq posboni Iker Kasilyasning 2008/09 yilgi mavsumdagi natijasini takrorladi. O'sha yili Iker 3ta penaltini qaytargandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe