Keyingi mavsum Osiyo Chempionlar Ligasida O'zbekiston sharafini himoya qiluvchi barcha 4 ta klub nomi ma'lum

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 18:26
AGMK bugungi g'alabadan keyin musobaqa jadvalida 4-o'rindan pastga tushmasligi oydinlashdi.

Bu Olmaliq klubi OCHLni pley-off bosqichidan boshlashini anglatadi.

"Nasaf" Kubok sohibi sifatida guruh bosqichidan joy kafolatlab bo'lgan. 

"Paxtakor" va "Navbahor" musobaqani qaysi bosqichdan boshlashi esa Coca Cola Superligasi joriy mavsumi tugaganidan keyin ma'lum bo'ladi.

Oxirgi tur bahslari 12 noyabr kuni bo'lib o'tadi. "Paxtakor" mehmonda"Bunyodkor" bilan, "Navbahor" esa o'z uyida AGMK bilan bahs olib boradi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia