Kevin-Prins Boateng: “Meksesga 4 o'yinlik diskvalifikaciya haqli ravishda berildi”

8 okt 2013, 15:51
Avval “Milan” klubi sharafini himoya qilgan “Shalke” klubi yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng, Filipp Meksesning diskvalifikaciya qilinganligini izohlab o'tdi.

“Mekses – mening eng yaxshi do'stlarimdan biri. U har bir o'yinda kuchining boricha jamoaga yordam berishga harakat qiladi, biroq bu holatda u juda oshirib yubordi.

Fikrimcha Meksesga berilgan 4 o'yinlik diskvalifikaciya haqli jazo bo'ldi. U o'zini bosib olishi kerak, chunki bunday vaziyatlarda qizishish aslo kerak emas”, - deydi Boateng.


Manba: sports.ru