Kepa: "U Messi va Ronalduning darajasiga yaqin"

5 iyun 2019, 19:20
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga londonliklar yarim himoyachisi Eden Azar ko'rsatayotgan o'yin darajasiga baho berdi.

"Azar hammasini biladi. U aldamchi ""to'qqizlik" poziciyasi, o'ng va chap qanotlarda o'ynay oladi. 

Eden juda tezkor, baquvvat, birga bir vaziyatda darvozabonlarga imkoniyat qoldirmaydi. Shuningdek, o'zi ichkaridan yorib kira olish salohiyatiga ham ega. U men uchun APLning eng yaxshi o'yinchisi.

Messi yoki Ronaldu darajasida o'ynay oladimi? Ayta olmayman, lekin u yaqin. Uni  jahonning eng kuchli 5 futbolchisidan biri deyishim mumkin", - deydi ispaniyalik posbon.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com