Kempes: "Hozirgi Argentina Messining do'stlari jamoasi"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2018
Argentina terma jamoasi safida JCH-1978da g'olib bo'lgan Mario Kempesning takidlashicha, "Barselona" forvardi Lionel Messini Diego Maradona bilan solishtirish ahmoqlik.

- Messi Maradona bilan bir darajada ekanligini aytadiganlarga nima deysiz?

- Bu ahmoqlik. Messi kuchli, ammo u hech qachon jahon chempioni bo'lmagan. Turli davrlardagi futbolchilarni solishtirish mumkin emas.

Men 1978 yilda jahon chempioni bo'lganman, Maradona esa 1986 yilda. Messi esa bunday emas, haqiqat shunday.

- Argentina terma jamoasi haqida fikringiz?

- Ular jamoa emas. Men faqat "Messining do'stlari"ni ko'ryapman va birorta jamoadoshga ko'zim tushmadi. Masalan, nega Ikardini tarkibga qo'shishmaganini kim tushuntiradi?

- Balki u Messining do'sti emasdir?

- Bilmayman, biroq agar u biror boshqa sabab tufayli chaqirilmagan bo'lsa, bundan g'azablanaman - deydi Kempes. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport