Kempbellning agenti "Arsenal" bilan muzokara o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2015, 16:00
Joel Kempbellning agenti "Arsenal" rahbariyati bilan uchrashish uchun Londonga keldi.
Bu mavsumda 22 yoshli kostarikalik futbolchi Premer-Ligada atiga to'rtta o'yin o'tkazdi. Joel mavsumni zaxirada o'tkazishni istamayapti.

Ayni paytda "kanonirlar" Kempbellni ijaraga berishmoqchi. O'z mijozining kelajagini hal qilish uchun Joakim Batika klub rahbariyati bilan muzokara o'tkazmoqchi, deb xabar bermoqda ESPN.

Kempbellga "Real Sosedad" va "Vilyarreal" kabi Ispaniya klublari qiziqishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru