Kemeron Brennegan "Barselona" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2016, 08:13
"Liverpul" yarim himoyachisi Kemeron Brennegan "Barselona" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.

Kataloniya klubi vakillari "mersisaydlik" futbolchini yoshlar jamoasi o'yinlaridan birida kuzatishdi. Brennegan "Liverpul" asosiy tarkibida bir nechta o'yin o'tkazishga ham ulgurdi. Hozirgacha u Yevropa ligasi 6ta, Angliya kubogida 3ta va Angliya liga kubogida bitta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sport.es