Kellini: "Borussiya"ga qaraganda "Monako" bilan qiyin bo'lishini bilgandik"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2015, 11:10
"Yuventus" himoyachisi Jorjio Kellini "Monako"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvi (1:0) haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Borussiya"ga qaraganda "Monako" bilan qiyin bo'lishini bilgandik. O'yin boshida qarshi hujum uchun raqibga juda ko'p joy berdik, ammo keyinroq barchasi joyiga tushdi. "Yuventus" haqli ravishda g'alabani qo'lga kiritdi. "Borussiya" bilan birinchi o'yindan so'ng vaziyat mana shunday edi, ammo javob o'yinida bizga qiyin bo'lishi aniq" - deydi Kellini.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com