Kelasi mavsum RPLda VAR tizimi ishga tushirilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 noya 2018, 15:18
"Krilya Sovetov"ning rivojlanish bo'yicha direktori Aleksandr Shikunov klub murabbiylari va RPL rahbariyatining VAR tizimi bo'yicha yig'ilishi haqida gapirib berdi.

"Murabbiylarning fikrini bilish uchun VAR bo'yicha savol o'rtaga tashlandi.

Deyarli hamma murabbiylar bunga rozi, bu qanday amalga oshirilishi bilan RFI (Rossiya futbol ittifoqi) shug'ullanadi.

Bizga tizim qanday o'rnatilishi va u qanday to'lanishi haqida sxema ko'rsatishdi. Stadionimiz bunga tayyor, endi uni sotib olish va o'rnatish kerak, biroq bu bizga emas, RFIga bog'liq" - deydi Shikunov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com