Kelasi yil birinchi ligada farm-klublar ishtirok etmaydi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2013, 12:56
PFL bosh direktori Farhod Magometovning ma'lum qilishicha, 2014 yildan e'tiboran birinchi liga bahslarida farm-klublarning qatnashishiga ruxsat berilmaydi.
Ma'lumki, bu yilgi birinchilikda oliy liga jamoalaridan “Paxtakor” hamda “Bunyodkor”ning farm-klublari ishtirok etishdi. Kelasi yil esa “Mashal” ham o'zining farm-klubini tuzib (jamoa nomi katta ehtimol bilan “Mashal-Akademiya” buladi), birinchi liga o'yinlariga qo'ymoqchi.

-   Biz sport principlariga amal qilgan holda kelasi yildan boshlab birinchi liga bahslariga farm-klublarni qo'ymoqchi emasmiz, - deydi Farhod Magometov. – Chunki bu jamoalar baribir o'z oldilariga oliy ligaga chiqish maqsadini qo'ymaydi. Shu bois bizga oliy liga klubiga aloqasi bo'lmagan mustaqil jamoalar kerak. Sekin-asta birinchi liga saviyasini ham ko'tarmasak bo'lmaydi, buning uchun esa farm-klublardan voz kechishimizga to'g'ri keladi.

-   Agar qaysidir jamoa moliyaviy muammo tufayli birinchi ligada qatnashmaydigan bo'lsa, unda farm-klublarning o'ynashiga ruxsat beriladimi?
-   O'ylaymanki, kelasi yilgi chempionatda bunaqasi bo'lmaydi. Mabodo kimdir birinchi ligada to'p sura olmaydigan bo'lsa, unda farm-klublar masalasini balki ko'rib chiqishimiz mumkin.

Xayrulla Xoliqov.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia