Keyrush: “Argentina bilan o'yin, Eron futboli tarixidagi eng kutilgan uchrashuv bo'ladi”

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2014, 12:36
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush ikkinchi turdan o'rin olgan Argentinaga qarshi o'yindan nimalar kutayotganini va bu baxsda tartibli o'yin juda muhimligini ta'kidladi.
“Bu uchrashuv Eron futboli tarixidagi eng kutilgan o'yin bo'ladi. Biz hech qachon bunday darajadagi jamoa bilan maydonga chiqmaganmiz. Raqibimiz jahon chempionligini yutib olishga bel bog'lagan. Jamoa yaxshi futbol ko'rsatishi lozim. Biz Messiga qarshi o'ynamaymiz, biz Messi bilan o'ynaymiz. Jamoamiz diqqatlik bilan tartibli o'ynashi kerak” – deydi Keyrush FIFAga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com