Keyingi hafta Reyna "Napoli"da tibbiy ko'rikdan o'tadi
Narzulla Saydullayev
21 iyun 2015, 17:01
"Bavariya" darvozaboni Pepe Reyna "Napoli"ga qaytishga juda yaqin.
Ispaniyalik futbolchi keyingi haftada Italiya klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Oldinroq Reyna maoshi kamayishi evaziga bo'lsa ham Neapolga qaytishga tayyorligini ma'lum qilgandi.