


"Stok Siti" - "Manchester Siti" 2:0
Qahramonlar: Jyerdan Shakirining ikkita pasidan so'ng Marko Arnautovich "Manchester Siti" darvozasiga ikkita gol urishga erishdi.

"Arsenal" - "Sanderlend" 3:1
Qahramon: Aaron Remzi dastlab Jiruning gol urishiga yordam berdi, keyin uning o'zi gol urdi.

"Suonsi" - "Lester" 0:3
Qahramon: Barcha Jeymi Vardi haqida gapirayotganida Riyad Maxrez xet-trik qayd etib o'zini eslatib qo'ydi.

"Uotford" - "Norvich" 2:0
Qahramon: Troy Dini to'p kiritdi va golli pas oshirdi.

"Chelsi" - "Bornmut" 0:1
Qahramon: "Chelsi"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushgan Glenn Marrey 1 daqiqa o'tib gol urdi.

"Borussiya M" - "Bavariya" 3:1
Qahramon: "Bavariya"ga ushbu mavsumda Bundesligadagi ilk mag'lubiyatni "taqdim etgan" Menxengladbaxning "Borussiya" klubini qahramon sifatida tanladik.

"Volfsburg" - "Borussiya D" 1:2
Qahramon: Armanistonlik Genrix Mxitaryan ikkita golga hammualliflik qildi.

"Inter" - "Jenoa" 1:0
Qahramon: Adem Lyayichning yagona goli "neradzurrilar"ga 3 ochko keltirdi.

"Real" - "Xetafe" 4:1
Qahramon: So'nggi paytlarda turli mashmashalarga aralashib qolgan fransiyalik Karim Benzema dublga erishdi.
Narzulla Saydullaev



