Kazemiro: “Tez kunda La Liga qaytadi”

Eldor Akmurzayev
17 may 2020, 21:55
“Real” xavbeki Kazemiro Ispaniya chempionatining joriy mavsumi yaqin orada restart olishi haqda gapirdi.

“Katta futbolning qaytishi juda muhimdir. Bu insonlarga normal hayotga qaytish imkonsiz narsa emasligini ko'rsatadi. Biz o'rnak bo'lishimiz zarur.

Barchasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman. Tez kunda xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda La Liga qaytadi”, deydi braziliyalik.

Avvalroq, La Liga klublariga mashg'ulotlarni boshlash uchun ruxsat berilgan edi. Tashkilot rahbari Xaver Tebas esa chempionatni 12 iyundan davom ettirish rejalashtirilayotgani haqda aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca