Kazemiro MYUga o'tgani haqida yana bir bor gapirdi

Mirjalol Normatov
8 iyul 2023, 17:25
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro ingliz klubiga o'tishi haqida to'xtalib o'tdi.

"Ilk navbatda, oilamdagilar bilan gaplashdim. Ular rozilik bildirishdi. Men faoliyatim va jismoniy holatimning eng cho'qqisiga chiqqan paytida top-jamoadan ketish imkoniyati paydo bo'ldi va bunday qaror chiqarish oson bo'lmadi. Oradan 2-3 yil o'tib, "Real"dan boshqasini istamasdim, chunki bu yoshda ligani o'zgartirish va boshqa top-klubga o'tishdan mano yo'q.

O'z rolimni APLda ham bajarib ko'rishni istadim. Meni quvontirayotgan jihat shundaki, bu er men tasavvur qilgandek ekan. Bu yerda oson o'yinning o'zi yo'q: hatto yetakchi autsayder bilan o'ynayotgan o'yinda ham g'olibni taxmin qilish qiyin bo'ladi. Agarda 90 foiz kuch bilan o'ynasangiz ham mag'lub bo'lishingiz mumkin. Hozirgi asosiy maqsadim – MYUni yetakchilikka qaytarish va Braziliya bilan jahon chempioni bo'lish", – dedi Kazemiro.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal