Kayl Uoker "Bavariya"ga o'tmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
1 avg 2023, 19:57
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uokerning "Bavariya"ga o'tish ishlari yakunlanmasligi mumkin.

"The Athletic" xabariga ko'ra, Yaponiyada ikki klub vakillari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tgan, biroq o'rtada munozaralar kelib chiqqan. Shu orqali tomonlar kelishuvga erisha olishmagan.

O'z navbatida Uoker "shaharliklar"ning shartnoma uzaytirish bobidagi taklifiga rad javobini bergan. Shu sababli uning klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Oldinroq ingliz himoyachisi 15 mln evro evaziga "Bavariya"ga o'tishi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic