Kaxi Maxaradze "Paxtakor" bilan kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2014, 09:53
"Paxtakor"ning gruziyalik legioneri klubda qoladi.
Jamoaning sardori vazifasida yoshlarni o'sishida katta rol o'ynab kelayotgan futbolchini maydonni ko'ra bilish qobiliyatiga alohida takidlab o'tish mumkin. Kaxi tezkor futbolchi bo'lmasada, tarixdan No'mon Hasanovni eslatadi. Eng muhimi jamoadoshini ko'ra biladi, uni birgina "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan golini eslash kifoya. Bu futbolchini jamoada qolishidan "Paxtakor" muxlislari xursand bo'ldilar. Kaxi Maxaradzega Qozonning "Rubin", o'zimizdan esa "Lokomotiv" qiziqish bildirgan edi. Shuningdek, Qozog'istondan ham chorlov bo'lgan.

Klub menedjeri Samvel Babayanni saytimizga bergan xabariga ko'ra, Kaxi jamoa bilan kelishib olgan va 2014 yilgi mavsumni "sherlar" safida o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia