Kaxi Maxaradze "Lokomotiv" bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2016, 11:45
2009 va 2010 yilgi mavsumlarni "Lokomotiv" safida o'tkazgan Kaxi Maxaradze yana sobiq jamoasiga qaytyapti.

So'nggi 5 yilni "Paxtakor" safida o'tkazib, uch marotaba O'zbekiston chempioni unvoniga ega chiqqan gruziyalik yarim himoyachi "temiryo'lchilar" bilan og'zaki kelishuvga erishdi.

Qisqa tatildan keyin kecha Toshkentga qaytgan Kaxi Maxaradze "Lokomotiv"ning Dubaydagi mashg'ulotlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatidan o'rin olgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia