Kavani nima sababdan “Yuventus” va “Inter”ga o'tmaganini ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
11 dek 2020, 09:48
“Manchester Yunayted” hujumchisi faoliyatini yana Italiyada davom ettirish imkoniyatga ega bo'lgani haqida gapirdi.

“Har doim “Napoli” muxlislaridan minnatdorman. Shu boisdan ham Italiya klublaridan, jumladan, “Yuventus” va “Inter” jamoalari takliflariga ham rad javobini berdim. “Napoli” haqida o'ylaganimda, juda ko'p yaxshi xotiralarni eslayman. Men Neapolda juda yaxshi o'ynaganman. Muxlislar klubdan ketganimdan so'ng ham meni yaxshi ko'rishda davom etdi”, - deydi Kavani.

Ma'lumot uchun, Kavani 2010-2013 yillarda “Napoli”da to'p tepgan. U ushbu jamoa safida 138 ta o'yinda 104 ta gol urgan. Shundan so'ng PSJga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport