Kavani MYUni ispan grandiga almashishi mumkin

Alisher
15 fev 2022, 13:50
Hujumchi Edinson Kavanining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.

Kavani o'z kuchini Ispaniya chempionatida sinab ko'rishni xohlaydi.

Forvard uchun Madridning "Atletiko" klubi da'vogarlik qilmoqda. "Matraschilar" urugvaylikning yoshiga qaramay, u bilan hamkorlik qilishga tayyorlar.

Edinson bilan shartnoma imzolashga Madrid klubi ustozi Diego Simeonening shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. Argentinalik mutaxassis Kavanining o'yinini anchadan beri kuzatadi va forvardning jamoaga foyda keltirishiga ishonchi komil.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes