Kavani "Chelsi"ga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin

Alisher
24 okt 2020, 13:17
Urugvaylik futbolchi bugun MYU uchun debyut o'yinini o'tkazadimi?

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher hujumchi Edinson Kavanining APL 6-turi doirasidagi bugun bo'lib o'tadigan "Chelsi"ga qarshi o'yinida debyut qilishi mumkinligini aytdi.

"Edinson anchadan beri o'ynamadi, unga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt kerak bo'ldi. Kavani tabiatan ajoyib formada. U ikki hafta karantinda bo'ldi, ammo biz unga mashg'ulot zali va yugurish yo'lakchasi kabi sharoitlarni yaratib berdik.

Edinson barcha ishni qilib bo'ldi, endi u "Chelsi"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor", - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports