

AS axborot agentligi xabariga ko'ra, yoz oylarida Real, Chelsi va Manchester Siti jamolariga o'tishi to'g'risida xabarlar tarqalgan Napoli hujumchisi Joze Maurinioning yangi jamoasiga o'tishga rozi bo'lgan.
26 yoshlik futbolchiga yillik 9 million Evro miqdorida maosh, shu jumladan bonuslar to'lashi kutilayotgan Ko'klar, xozirda Napoli bilan transfer narxini kelishayotganligi aytilmoqda.
Napoli Premer Liga vakillarining 50 million Evrolik takliflarini rad etishgan, ammo ular 60 million Evroga ko'nishlari mumkin. Bu Kavani uchun to'langan 63 million Evrodan birozgina kam. Shuningdek Napoli to'lovlarni qismlab to'lanishiga rozi bo'ladi.



