Kavani Amerika Kubogini tark etganidan so'ng qamoqdagi otasini ko'rgani bordi
Aslanov Jasurbek
27 iyun 2015, 18:14
PSJ va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Edinson Kavani vataniga qaytib, qamoqdagi otasini ko'rgani bordi.
Futbolchining otasi mast holda o'z mashinasida motcikl boshqarayotgan 19 yoshli yigitni urib ketgan va jabrlanuvchini shifokorlar qutqara olmagan. 28 yoshli hujumchi jurnalistlarga hayotidagi eng yomon damlarni o'tkazayotganini aytdi.