
"Bu juda muhim o'yin bo'ladi. Agar g'olib bo'lishni xohlasak, eng kuchli o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak, chunki "shaharliklar" yuqori darajadagi jamoa. Bu biz uchun katta imtihon bo'ladi.
Biz xar bir kurashda g'olib bo'lishimiz va bir daqiqaga ham bo'shashmasligimiz kerak, aks holda mag'lub bo'lishimiz tayin. G'alaba uchun "Manchester Siti"ga qarshi xatosiz o'ynash kerak" - deydi Kasorla.
Uchrashuv 19 yanvarda Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.