Kasilyas futbol tarixidagi eng kuchli 5 nafar darvozabonlar kimligini aytdi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2015, 14:40
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas UEFA tomonidan tashkil etilgan savol-javobda ishtirok etdi.

Quyida Iker Kasilyas tomonidan berilgan eng qiziqarli javoblarni keltiramiz.

Nima uchun siz darvozabon bo'lishga qaror qilgansiz?

Iker Kasilyas:
Yoshligimdan darvozaga turishni yoqtirardim. Ko'pincha otam bilan birga futbol o'ynardik, u esa darvozaga turishni xushlamas edi, bu ham ta’sir qilgan!

Siz bilan birga o'ynagan eng qobiliyatli futbolchi?

Kasilyas:
Doim Zinedin Zidanning o'yinlarini kuzatish yoqadi.

Yaxshi darvozabon bo'lish uchun nima kerak?

Kasilyas:
Avvalo ruhiyati kuchli bo'lishi kerak. Darvozada turish degani bu - mard, aqlli va tavakkalga tayyor bo'lish deganidir.

"Portu" kiyinish xonasidagi eng hazilkash inson?

Kasilyas
: Elton. U doim kuladi, bu esa jamoaga ijobiy ta’sir qiladi.

Sizga qarshi o'ynagan eng kuchli hujumchi?

Kasilyas:
Lionel Messi. Yana kim bo'lishi mumkin? Bir necha marta "Barselona"ga qarshi o'ynaganman.

Eng yoqimli seyv?

Kasilyas: 2002 yilgi YCHL finalida "Bayer"ga qarshi o'yindagi seyvlar va JCH-2010 finalida Aren Robbenning zarbasidan keyingi seyv.

Yoshligingizda sizning kumiringiz kim bo'lgan?

Kasilyas:
Peter Shmeyxel.

Futbol tarixidagi eng kuchli besh nafar darvozabon...

Kasilyas:
Shmeyxel, Vitor Bayya, Janluiji Buffon, Oliver Kan va Santyago Kanisares.

Eng chiroyli o'tkazib yuborgan golingiz?

Kasilyas
: Hech birini eslay olmayman, sababi har gol o'tkazganimda doim g'azablanaman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com