Karrager APL favoriti qaysi jamoa ekanligini aytdi

Sherzod Nurmatov
19 dek 2021, 20:07
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager joriy mavsumda APL chempionligi uchun asosiy da'vogar bo'lgan klublar haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Manchester Siti" aql bovar qilmaydigan darajada. Menimcha, "shaharliklar" – favorit.

"Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi farq katta emas, biroq "Lids"ga qarshi o'yin (7:0)ni inobatga olsak, ular qanchalik ajoyib ekanini ko'rasiz.

Hali biror narsa hal qilingan deb o'ylamayman. Bir necha hafta oldin "Chelsi", "Liverpul" va "Siti"dan 4 ochko oldinda edi. Vaziyat qanchalik tez o'zgarishi mumkinligini ko'rish mumkin. Ammo agar kimdir 6-7 ochko ilgarilab ketsa, qolganlarda muammolar bo'lishi mumkin", – dedi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports