

Ertangi Bangladesh va Quvayt terma jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Quvayt bosh murabbiyi va o'yinchisi ishtirok etdi.
Karlos Gonsales (bosh murabbiy): "Birinchi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, ularning tarkibida yaxshi futbolchilar bor, ammo biz bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Tayyorgarlikdan qoniqdim.

Eid Al Rashidi (o'yinchi): "Ertangi o'yinga tayyormiz. Biz Bangladeshga qarshi qiyin o'tkazamiz. Barchani hurmat qilgan holda, ularga omad tilab qolaman.

- Quvayt saralash o'yinlarini o'tkaza olmasligini ma'lum qildi. Bu sizlarga qanday ta’sir qildi va qanday noqulayliklar keltirib chiqardi?
- Buning o'yinimizga ta’sir qilish mumkin bo'lgan bir jihati iqlim va vaqtdir. Qolgan masalalarda, jumladan tashkiliy ishlarda muammo bo'lmasligiga aminman. Barcha o'yinlar sifatli maydonlarda o'tadi.
Bizni tarkibimiz to'lig'icha Quvayt chempionatidagi o'yinchilardan tashkil topgan, legionerlar yo'q. Tarkibimizda milliy jamoada o'ynagan va xalqaro maydonlarda o'ynagan o'yinchilar mavjud. Jumladan, matbuot anjumanida ishtirok etayotgan futbolchi milliy jamoada xalqaro maydonlarda harakat qilgan.
Ayni paytdagi vaziyat hammada bir xil, hammaga mushkul. Bunga qaramay, hamma terma jamoalar vaziyatdan kelib chiqqan holda tayyorlanishmoqda, bizda ham Quvayt futbol federatsiyasi barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdi va imkon darajada tayyorgarlik ko'rdik.




