Karlo Anchelotti sobiq klubi "Milan"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2017, 12:58
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Milan"ga qarshi bugungi o'yinni katta intizorlik bilan kutayotganini aytib o'tdi.

Bahs shunchaki o'rtoqlik o'yini bo'lishiga qaramay, bu murabbiy uchun alohida o'yin. "International Champions Cup" doirasidagi bugungi o'yindan oldingi matbuot anjumanida Karlo tog'a Xavi Martinesga italyanchada savol berilganida tarjimonlik ham qildi.

"Men "Milan"da juda uzoq vaqt ishladim, shuning uchun ham bu men uchun alohida o'yin. Menda o'sha paytlardan tasvirlab bo'lmas xotiralar qolgan. 13 yil - mening futbol hayotimdagi katta qism. Men "Milan"ning katta muxlisiman. Bunday jamoalarga qarshi yanada kuchliroq bo'lamiz", - dedi Anchelotti.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbayern.com