Karlo Anchelotti: Albatta, Messi Realga o'tishini istayman

Narzulla Saydullayev
14 okt 2014, 09:27
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Barselona hujumchisi Lionel Messi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
– Agar Florentino Peres sizga: Biz Messini sotib olayapmiz desa, siz qarshi bo'lmaysizmi?

– Yo'q, albatta.

– Messi Santyago Bernabeuda Realga qarshi o'yinda Ispaniya chempionatida gol urish bo'yicha rekordni qayd etsa qarsak chalasizmi?

– Ha, bu oddiy xol. Buyuk futbolchi, buyuk natija – nima uchun yo'q? Ammo aynan shu tufayli o'yinni to'xtatishmaydi deb o'ylayman, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru