Karles Puyol "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
9 noya 2017, 13:12
"Barselona" va jahon futboli afsonalaridan biri Karles Puyol "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdi.

Osiyodagi eng mashhur stadionlar ro'yxatiga kiritilgan "Paxtakor" stadionida klub rahbariyati Puyolni kutib oldi. Unga klub va stadion haqida ma'lumotlar berildi. Eslatib o'tamiz, O'FF tomonidan FIFAning maxsus loyihasi asosida Toshkentga kelgan Karles Puyol bugun "Paxtakor" va "Olmaliq" o'rtasidagi uchrashuvdan avval ishqibozlarga sovg'alar ulashib, o'yinni stadionda tomosha qiladi. 


"Paxtakor" matbuot-xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz