"Kardiff" hozirgacha Salaning transfer pulini to'lamadi

Aslanov Jasurbek
21 fev 2019
Argentinalik hujumchi Emiliano Sala "Kardiff Siti" bilan qonunga to'g'ri qilmaydigan shartnoma imzolagan bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi va Uels klubi o'rtasida tuzilgan bitim APL qoidalariga to'g'ri kelmagan va aviahalokatdan oldin qayta ko'rib chiqish uchun qaytarib yuborilgan edi.

28 yoshli Sala qishki transfer oynasida "Nant"dan "Kardiff Siti"ga o'tib, uels klubi tarixidagi eng yirik xaridga aylangan edi. Futbolchi yangi jamoasida birorta o'yin o'tkazmay halok bo'ldi. Emiliano uchgan samolyot Normand orollari yaqiniga (suvga) qulagan va futbolchining jasadi qidiruv ishlaridan so'ng 3 fevral kuni topildi.
Oradan 12 kun o'tib Salaning jasadi Argentinaga etkazildi (Pilot Devid Ibbotson hali ham topilganicha yo'q).

Ayni damda "Nant" FIFAga etiroz bildirmoqchi, chunki "Kardiff Siti" hozirgacha Salaning transfer pulini to'lab bermadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph