"Kardiff" FIFAga Sala uchun pul to'lamasligini ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2019, 11:58
"Kardiff Siti" FIFAga hujumchi Emiliano Sala uchun "Nant" hisobiga pul o'tkazmasligini xabar berdi.

Forvard qishki transfer oynasida "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan edi. Sala Fransiyadan Uelsga uchayotib samolyot qulashi tufayli halok bo'ldi.

Uels klubi yuristlarining so'zlariga ko'ra, Sala tuzilishi kerak bo'lgan shartnoma imzolanmagan. Bundan tashqari, "Nant" bu borada "Kardiff" vakillari bilan uchrashishni xohlamayapti.

28 yoshli Sala qishki transfer oynasida "Nant"dan "Kardiff Siti"ga o'tib, uels klubi tarixidagi eng yirik xaridga aylangan edi. Futbolchi yangi jamoasida birorta o'yin o'tkazmay halok bo'ldi. Emiliano uchgan samolyot Normand orollari yaqiniga (suvga) qulagan va futbolchining jasadi qidiruv ishlaridan so'ng 3 fevral kuni topildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun