Kapello: "Real" - pandemiya sabab qiynalmayotgan yagona ispan klubi, "Barsa" va "Atletiko" juda qiynalishmoqda"

Alisher
28 apr 2020, 13:10
"Real" sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello koronavirus pandemiyasi sabab bo'layotgan moliyaviy inqirozning ispan klublariga ta’siri haqida gapirdi.

"Menimcha, "Real" pandemiyadan ozor chekmayotgan yagona ispan klubidir. "Barselona" va "Atletiko" esa juda qiynalishmoqda.

Transferlar bozoriga keladigan bo'lsak, u tubdan o'zgaradi. Biz futbolchilar uchun dahshatli miqdordagi pullar to'lanadigan paytga yetib kelgandik, ammo endi yana eski, oqilona qo'yiladigan narxlarga qaytamiz", - deydi Kapello.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport