

“Konte va Gasperini – Italiyaning eng yaxshi murabbiylari. Konte uslubidan voz kechdi va o'ziga xos futbol o'ynashga qaytdi. Gasperini – Yevropa mentalitetiga ega bo'lgan yagona inson.
Yana menga Gotti (Gattuzo) ham yoqadi. U maqtanchoq emas. U oddiy narsalarni uddasidan chiqadi va o'z futbolchilarini hurmat qiladi.
“Inter” allaqachon Skudettoni yutib bo'lgan. Ular bunga “Milan” “Speciya”ga yutqazgan kuni erishishgandi”, deydi Kapello.



