Kantona Deshamni hisobchiga tenglashtirdi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2017
Fransiya futboli afsonasi Erik Kantona mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshanmni tanqid qildi.

Kantonaning fikricha, Desham JCH-2018 saralash bahslari doirasida Shvetsiyaga (1:2) qarshi bahsda yosh futbolchilarning imkoniyatlaridan samarali foydalana olmagan.

“Fransiya termasi talantlarga to'la va ularning potenciali juda qudratli. Ammo bu iqtidorlar eng kerakli paytda nega maydonda emas? Murabbiyning iqtidori eng yaxshi futbolchilarni tarkibga joylashtira olishi bilan o'lchanadi. Ammo jamoa rulida, uzoqni ko'ra oladigan inson emas, hisobchi o'tirganidan keyin siz maqsadizga erisha olmaysiz. Zidan, sening yurting senga muhtoj!” deya fikrlarini yakunlagan Kantona.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Lefigaro.fr