Kanselu sevimli futbolchisi kimligini aytdi

Оқил Абдубарноев
28 dek 2023, 20:56
"Barselona" himoyachisi Joau Kanselu qaysi futbolchi uning kumiri ekanligi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchining huquqi "Manchester Siti"ga tegishli hisoblanib, hozirda u "ko'k-anorranglilar"da ijara asosida o'ynaydi. 

“Eng katta kumirim hamisha Ronaldinyo bo'lgan. Televizorda uning o'yinini ko'rganimda, menga eng ko'p turtki bergan futbolchi u edi. Roni chinakam istedod egasi va sehrgar hisoblanadi", - dedi Kanselu. 

Eslatib o'tamiz, Ronaldinyo 2003 yildan 2008 yilgacha "Barselona"da to'p tepgan. FIFA talqiniga ko'ra, braziliyalik hujumchi ikki marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan, shuningdek, 2005 yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca