

"Men Ronaldodan oldin va keyin uchratgan futbolchilar orasida, faqat ushbu braziliyalik kaminani qo'riqta olardi. Ronaldo - davrimizning fantastik futbolchisi.
U bilan birinchi marotaba 1998 yilgi jahon chempionatidan oldin o'tkazilgan Braziliya - Italiya o'rtoqlik uchrashuvida to'qnash kelganman. U bilan maydonga chiqish qo'rqinchli edi.
Agar Ronaldo gol urishni istasa, buni amalga oshirar edi. Braziliyada Romario, Roberto Karlos, Ronaldinyo kabi futbolchilar bo'lardi, ammo u boshqacha futbolchi.
U tezkor, kuchli edi. Har safar u bilan o'ynaganimda o'rtamizda o'zaro hurmat bo'lgan.
Ronaldoga bo'lgan qo'rquv bilan hurmat ham kelgan. Ronaldodek futbolchi seni har kuni bor kuch bilan shug'ullanishga majbur qiladi" - deydi Kannavaro.



