Kannavaro "Istanbul Bashakshexir" o'yinini stadiondan kuzatdi

Оқил Абдубарноев
8 mar 2026, 00:00
O'zbekiston tyerma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ayni paytda Turkiyada bo'lib turibdi.

Italiyalik mutaxassis Turkiya Supyerligasi 25-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" – "Gyoztepe" uchrashuvini stadiondan kuzatgan. Istanbulliklar tarkibida O'zbekiston tyerma jamoasining ikki nafar futbolchisi – Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Shuningdek, Kannavaro klub prezidenti Go'ksel Gumushdag' va Mustafa Ero'g'ut, Turkiya tyerma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenco Montella hamda Shelchuk Shahin bilan uchrashgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia