Kamo Gazarov: "Futbolchilarning ishtiyoqidan xursandman"

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2014, 15:55
Dinamo jamoasining ikkinchi davra oldidan o'tkazgan dastlabki yig'ini yakuni arafasida Dinamo bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kamo Gazarov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Tabiat qo'ynidagi yig'indan ko'nglim to'ldi, desam ham bo'ladi. Asosiy e'tiborni futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga qaratgandik. Kuniga ikki mahaldan olib borgan mashg'ulotlarimiz jamoamizning jismoniy tayyorgarligini ancha yuqori darajaga keldi. Futbolchilarning katta ishtiyoq bilan mashq qilganliklaridan xursandman. Aksariyat futbolchilarning yig'inimizga biroz kechroq qo'shilganligini aytmaganda, olib borilgan ishlardan ko'nglim to'ldi.

- Yig'inda barcha futbolchilarning yaxshi kayfiyatda mashg'ulotlar o'tkazganliklari guvohi bo'ldik. Jamoaning tarkibida o'zgarishlar bo'lishi mumkinmi?

- Tarkibimizni kuchaytirishimiz mumkin. Toshkentdagi yig'inda o'zgarishlar bo'lib qolishi mumkin.

- Jamoaning keyingi rejalar haqida ma'lumot bersangiz?

- 19 iyul kunidan poytaxtimizda yig'ilamiz. Bir haftalik yig'indan tibbiy ko'rik, nazorat uchrashuvlari va futbolchilarni sinovdan o'tkazishni maqsad qilganmiz. Xususan, Mashal, Paxtakor va Navbahor singari jamoalarga qarshi nazorat bahslarida maydonga tushamiz. 26 iyulda esa yana Samarqandga qaytib, Nasafga qarshi o'yinga so'nggi tayyorgarliklarni o'z qarorgohimizda olib boramiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz