Kalabriya: "Agar hisobni biz ochganimizda, o'yin boshqacha bo'lardi"

Omonjon To`xtamirzayev
17 may 2023, 11:22
"Milan" sardori Davide Kalabriya YCHL 1/2 finali javob bahsida "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. Biroq bunday darajadagi uchrashuvda har bir imkoniyatdan unumli foydalanish zarur. Agar hisobni biz ochganimizda, uchrashuv butkul boshqacha ruhda o'tardi. Afsus, dastlabki uchrashuvning birinchi bo'limini yomon o'tkazdik.

Shunday bo'lsada, hech kim "Milan" Chempionlar Ligasi yarim finaligacha yetib kelishini kutmagandi. Biz bor kuchimiz bilan harakat qildik. Yomon narsalar haqida o'ylashni istamayman. Endi bor e'tiborni chempionatda TOP-4ga kirishga qaratishimiz zarur", – dedi "Milan" sardori.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: uefa.com