Kaka "Milan"dagi 100-goliga bag'ishlangan butsaga ega bo'ldi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2014, 23:02
Adidas kompaniyasi "Milan" yarim himoyachisi Kaka uchun klubdagi 100-golini urganiga atab maxsus butsalar ishlab chiqdi.
Braziliyalik futbolchining yangi butsasida "rossoneri" emblemasi va "Kaka 100" yozuvi bor.

Kaka ushbu butsalarda A seriyaning navbatdagi turida "Sassuolo"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru