Yozef Blatter: “Belgraddagi voqeylik ko'rib chiqilyapti”

Narzulla Saydullayev
15 okt 2014
FIFA prezidenti Yozef Blatter o'z mikroblogida kecha Serbiya va Albaniya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan Evro-2016 saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvdagi holatga munosabatini yozib qoldirdi.
“Futbol hamisha siyosatdan holi bo'lmog'i lozim. Kecha bo'lib o'tgan voqeylikdan pfsusdaman. Bu masalani jiddiy ko'rib chiqamiz va tez orada o'z qarorimizni e'lon qilamiz,” – dedi Blatter.



Eslatib o'tamiz, Belgrad shahridagi “Partizan” stadionida o'tkazilgan Serbiya – Albaniya uchrashuvi yuzaga kelgan tartibsizliklar tufayli to'xtatilgan edi. Janjal siyosiy ko'rinishdagi plakatning namoyish etilganidan so'ng boshlangandi.



Ma'lum bo'lishicha, ushbu plakatni VIP-sektordan Albaniya bosh vazirining ukasi masofaviy qurilmadan boshqarib turgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com