Joze Mourinyu: "Jamoam Yevropa ligasida g'olib chiqishini istamayman"

24 may 2017, 17:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu bundan 4 yil avval Yevropa ligasida o'ynash unga to'g'ri kelmasligini ta'kidlab o'tgandi.


Benazirning bu fikrlarini "The Independent" nashri yodga soldi.

O'shanda endigina "Chelsi"ga qaytgan Mourinyudan angliyalik jurnalistlar Benitesning Yevropa ligasidagi muvaffaqiyati haqida so'rashganida, "special one", yani benazir shunday degandi:
"Shaxsan men jamoam bilan Yevropa ligasida g'olib chiqishni istamasdim. Bu turnirdagi g'alaba menga xursandchilik ulashmaydi. Meni futbolchilarim Yevropa ligasida o'ynashlarini xohlamayman. Chunki Yevropa ligasi bizning turnir emas".

Oradan 4 yil o'tib esa Mourinyu "Manchester Yunayted" bilan Yevropa ligasi finaliga qadar yetib keldi va bugun finalda "Ayaks" bilan bellashadi.

Qiziq, Mourinyu endi Yevropa ligasida g'olib chiqishni istayotganmikan?


Chunonchi, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi joriy mavsumda e'tiborni Yevropa ligasiga qaratayotgani va bu musobaqadagi g'oliblik asosiy maqsad ekanini ta'kidlab o'tgandi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu 2003 yili "Portu" bilan o'sha paytdagi UEFA kubogi, hozirgi Yevropa ligasida g'oliblikni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia