

“Biz haqli g'alabaga erishdik. Birinchi bo'limni u qadar yaxshi o'tkaza olmadik, ammo hisobni ochishga ulgurdik. Raqib biz kutgandek jamoaviy o'yin ko'rsatib, bizga bosim o'tkazishga urindi. Bizdan esa o'yin taqdirini hal etish uchun nimanidir o'zgartirish talab etilardi.
Ikkinchi bo'limni birinchisiga qaraganda juda yaxshi o'tkaza oldik. O'z ishimizni bajardik va 1/8 finalga yo'llanma oldik. Amalga oshirgan ishimizdan xursandman. Bugun maydonda ayrim futbolchilarning harakatlaridan judayam mamnun bo'ldim”, deydi portugaliyalik mutaxassis.



