

Portugaliyaliklar 1/8 final bosqichida Ispaniya terma jamoasiga (0:1) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi. 41 yoshli Ronaldu JCH-2026 doirasidagi barcha 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

“Agar tarkibga Krishtianu Ronalduni jalb etgan bo'lsang, unda butun jamoa Ronaldu uchun o'ynashi kerak, biroq turnirda buning umuman teskarisi kuzatildi.
Xuddi uni o'z jamoadoshlari boykot qilayotgandek taassurot uyg'ondi. Unga to'p uzatishmadi, maydonda u uchun eng qulay sharoitlarni yaratib berishmadi. Bunday vaziyatda yo uni umuman tarkibga olmaslik kerak edi, yoki agar olindimi, jamoa unga ishlashini taminlash shart edi”, – dedi Jorkaeff.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu avvalroq ushbu jahon chempionati faoliyatidagi oxirgisi bo'lishini ma'lum qilgan edi.



