Jon Obi Mikel: "Azar hech qanday kuch sarflamadi. Tasavvur qiling, agar u Ronaldu yoki Messi kabi mashq qilganda edi?"

Aslanov Jasurbek
22 mar 2025, 16:20
Jon Obi Mikel Eden Azar o'z salohiyatini to'liq amalga ochib bera olmagan deb hisoblaydi.

– Siz bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi kim?

– Texnika nuqtayi nazaridan? Azar.

– U o'z salohiyatini namoyish qila oldimi?

– Yo'q. U mashq qilmasdi. Kuch sarflamasdi. Tasavvur qiling, agar u Ronaldu yoki Messi kabi mashq qilganda edi?

U mashg'ulotlarni yoqtirmasdi, ulardan zavqlanmasdi, chunki Azar shunchalik texnika jihatidan istedodli ediki, bu unga kerak emas edi, – dedi "Chelsi" sobiq futbolchisi Obi Mikel.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT