Joau Feliks: "Men "Atletiko"da baxtliman. Meni unchalik istedodli emas deyishmoqda, ammo men bunday hisoblamayman"

Alisher
31 may 2021, 11:46
"Atletiko" o'yinchisi Joau Feliks kelajagi borasida gapirdi.

"Men hali ham "Atletiko" o'yinchisiman, menda shartnoma bor va bu yerda baxtliman. Hozirda men Portugaliya terma jamoasiga e'tiborimni qaratganman - biz Evroni yuta olamiz.

Odamlar meni oldingidek istedodli emasligimni va jamoaviy o'yinchiga aylanganimni aytishmoqda. To'g'risini aytsam, men unchalik istedodli emasman deya olmayman. Istedod faqat rivojlanishga intiladi va men o'zimni yaxshilanayotganimni his qilmoqdaman", - deydi Feliks.

Portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsum 31ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca