

O'yindan keyin Ruslanbek Jiyanovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Ruslan, debyut bilan tabriklayman. Birinchi yig'in haqidagi taassurotlar qanaqa?
- Hammasi a'lo darajada. Avvalo, chaqirilganimdan xursandman. Murabbiy maydonga tushish imkonini berdi. Terma jamoa nimaligini his qilib ko'rdim. Rahmat.
- Maydonda ortiqcha bosim paydo bo'lmadimi?
- Yo'q. Har doim qilib yurgan ishimiz, bosim bo'lishi kerak emas.
- Kuzyaev bilan to'qnashuv haqida gapirsangiz. O'sha epizodga hakam e'tibor qaratmadi. Daler oyog'ingizga tepdimi?
- Men simulyaciya ishlatmayman. U oyog'imni bosib oldi. Referi bu harakatni "ko'rmadi".

- Bugun 35 daqiqa o'ynadingiz. Zaxiraga olinayotganingizda murabbiydan ranjimadingizmi?
- Yo'q, nega xafa bo'lishim kerak? U meni milliy jamoaga jalb qildi, bu yerda debyut qilishimga imkon berdi. Bu kunni hech qachon unutmayman.
- Yashil maydonga chiqqan har qanday bola terma jamoada o'ynashni orzu qiladi. Bugun sizning niyatlaringiz amalga oshdimi?
- Qisman aytsak, ha. Ammo bu bilan to'xtab qolish kerak emas. Hali xalqimizni xursand qilaman. Bunga vada beraman.



