Jiru 17 yillik natijani takrorladi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2017, 09:10
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Paragvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (5:0) xet-trikka erishdi.

Arsenal hujumchisi 6, 13 va 69-daqiqalarda gol urdi. Jiru so'nggi 17 yilda Fransiya terma jamoasida bir o'yinda uchta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. So'nggi bor 2000 yilda francuzlar safida David Trezege shunday natijaga erishgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com