"Jirona" Romeuni qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023, 18:53
Hozircha amaliy ishlar mavjud emas.

"Jirona" sport direktori Enrike Karsel "Barselona" yarim himoyachisi Oriol Romeuni jamoaga qaytarish istagi borligini ma'lum qildi.

"Agar Oriol Romeu "Barselona"ni tark etsa, biz uni qaytarib olishni xohlaymiz. Hech kim bizga uning "Barselona"ni tark etishi mumkinligini aytmadi, ammo bu sodir bo'ladigan bo'lsa, biz uni qaytarib olishni istaymiz", – dedi funkcioner.

Romeu o'tgan yozda "Jirona"dan "Barselona"ga o'tgandi. Transfer summasi 3,4 million evroni tashkil qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano